Uxanda ikkinchi maxsus shifoxona qurib bitkazildi

Olam

image

Bugun, 8 fevral kuni Xitoyning Uxan shahrida imkon qadar tezroq qurilgan "Leishanshan" yangi koronavirusni davolash bo‘yicha ikkinchi ixtisoslashtirilgan shifoxona foydalanishga topshirildi. Bu haqda Xitoy markaziy televideniyesi xabar bermoqda.

Shifokorlarning birinchi guruhi allaqachon yetib kelishgan, ular bemorlarni qabul qilish uchun tayyorgarlikni boshlashgan. Bemorlarning ko‘pchiligi rejaga ko‘ra, 8 fevral kuni shu yerga ko‘chirildi. Bundan tashqari, virus aniqlangani tasdiqlagan yangi bemorlar endilikda shu yerda joylashadilar.

Uxanga yondosh joylashgan yuqumli kasalliklar shifoxonasi 79 ming kvadrat metr maydonni egallagan bo‘lib, hududdagi 10 ta bino tibbiyot xodimlariga va logistika uchun mo‘ljallangan. Shifokorlar uchun jami 264 ta xona ajratilgan bo‘lib, ularda olti kishi joylashishi mumkin, har birida uchta krovat, konditsioner, televizor, boshqa elektr jihozlari, alohida hojatxona va dush mavjud.

Shifoxona 1500 bemorga mo‘ljallangan. Xonalarga 2 tadan bemor joylashishi mumkin. Ahvoli og‘ir bemorlar uchun alohida maxsus xonalar mavjud.

Shuningdek, shu hafta boshida Xoshenshan shifoxonasi bemorlarni qabul qila boshladi, u 10 kun ichida qurilgan edi. Ikkinchi shifoxona 27 yanvarda qurila boshlangan edi. Dastlab, uni 5 fevral kuni foydalanishga topshirish ko‘zlangan edi, ammo topshirish muddati biroz cho‘zilgan. Ikkala shifoxona ham Pekindagi Xiaotanshan shifoxonasining modeli asosida qurildi. Pekindagi shifoxona esa 2003 yilda SARS epidemiyasi davrida yetti kun ichida qurib bitkazilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 31 dekabr kuni Xitoy ma’murlari Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga (JSST) mamlakatning markaziy qismida joylashgan Uxan shahrida noma’lum pnevmoniya kasalligi haqida xabar berishgan edi. 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda paydo bo‘lgan yangi koronavirus qurbonlari soni 724 nafarga yetgan. Qurbonlarning faqatgina ikki nafari Xitoydan tashqarida vafot etgan. Dunyo bo‘yicha koronavirus bilan kasallanganlar soni esa 34 878 nafarga yetdi. Bemorlarning 34 546 nafari Xitoyda qayd etilgan. Qolganlari dunyoning 26 davlatida aniqlangan.

Koronavirusdan davolanganlar soni 2085 nafarga yetdi. Bemorlarning 6106 nafarining ahvoli og‘ir, deb baholanyapti.

Nurulloh Sharipov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

137

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing