O‘quvchilarning ommaviy mushtlashuvi Angrenda ham kuzatildi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatida maktab o‘quvchilari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv bo‘lgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, ushbu voqea Angren shahridagi 21 sonli maktabda sodir bo‘lgan. Videodan ko‘rish mumkinki, ko‘pchilik o‘quvchilar bir kishini urgan.

Viloyat IIBBga ko‘ra, mazkur holat to‘liq nazoratga olingan. Holat bo‘yicha sudga oid ekspertiza tayinlangan.

Hududiy IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Toshkent shahrida 125-sonli maktab o‘quvchilari o‘rtasida mushtlashuv sodir bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (“Bezorilik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

164

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing