O‘quvchi litsey yotoqxonasida kaltaklandi
Jamiyat
−
11 dekabr 2019
6155Buxoro viloyati Kogon shahrida yashovchi 1992 yilda tug‘ilgan fuqaro F.R. Buxoro tibbiyot instituti qoshidagi akademik litseyning 1-kurs o‘quvchisini kaltakladi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
2 dekabr kuni soat 19:00 larda F.R. akademik litsey yotoqxonasida bo‘lgan o‘zaro janjal oqibatida vaqtincha shu yotoqxonada yashovchi, 2003 yilda tug‘ilgan fuqaro D.N.ning qorin qismiga urib-tepib jarohat yetkazgan.
Natijada jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizilgan. F.R. esa ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi