O‘qituvchilarni hojatxona tozalashga majburlagan direktor jazolandi (video)

3-sahifa

image


Joriy yilning 21 avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahridagi 31-maktab chet tili o‘qituvchilari hojatxonani tozalash va ta’mirlash ishlariga majburan jalb qilingani haqida xabar va video tarqaldi.

Ushbu video Qashqadaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganib chiqildi.

O‘rganish natijasiga ko‘ra, viloyatning Qarshi shahridagi 31-son maktab direktori o‘qituvchilarni maktab hovlisi va atrofini tozalash ishlariga majburiy tarzda jalb etilganligi aniqlangan.

Mazkur holat bo‘yicha, Qarshi shahridagi 31-son maktab direktoriga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasi 1-qismiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 50 (12 mln 250 ming) barobari miqdorida ma’muriy jarima qo‘llanildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

272

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing