O‘qituvchilardan ofitsiant, farrosh, qorovul sifatida foydalanildi – Mirziyoyeva
Jamiyat
−
18 dekabr 2022 10641 1 daqiqa
Kecha, 17 dekabr kuni “Zakovat” intellektual olimpiadasi doirasida breyn-ring o‘yinlari finali bo‘lib o‘tdi. Ushbu final o‘yinida Prezident administratsiyasi ijro etuvchi apparatining kommunikatsiyalar va axborot siyosati bo‘yicha sho‘ba mudiri Saida Mirziyoyeva zakovatchilar ortida turgan ustozlar haqida fikr bildirdi.

“Afsuski, farzandlarimizga ta’lim berayotgan o‘qituvchilar yillar davomida haq-huquqsiz, himoyasiz, qadrsiz bo‘ldi. Ulardan bog‘bon, farrosh, maktabga kelgan komissiyalarga xizmat ko‘rsatuvchi ofitsiant, zerikarli tadbirlarda bo‘sh zallarni to‘ldiruvchi “massovka”, matbuot nashrlariga majburiy obunachi, tungi navbatchi va maktab qorovuli sifatida foydalanildi”, deydi Mirziyoyeva.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu kabi ishlarni to‘xtatish vaqti keldi.
“O‘qituvchilar qadrini ko‘tarmas ekanmiz, hech narsaga erisha olmaymiz”, deydi u.
Uning qayd etishicha, o‘qituvchilarga vazifasidan tashqari ishlarni yuklaydiganlarni ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortish bo‘yicha qonun loyihasi ishlab chiqildi va tez orada qabul qilinishi kutilmoqda.



Live
Barchasi