O‘qituvchilar uchun “proyezdnoy” chiqariladi

Jamiyat

image

Normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portalida pedagoglarga imtiyozli “O‘qituvchi” oylik yo‘l chiptalari joriy etilishiga oid Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasi joylashtirildi.

Qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda 2020 yil 1 yanvardan boshlab:

• Toshkent shahrining markaziy ko‘chalaridagi reklama stendlari, jamoat transporti va bekatlarda ijtimoiy reklamalar joylashtirish jadvalini ishlab chiqadi;
    
• Toshkent shahar jamoat yo‘l transportlarida harakatlanish uchun pedagoglarga imtiyozli “O‘qituvchi” oylik yo‘l chiptalarini joriy etadi.
   
• O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda 2020 yil 1 iyundan boshlab Toshkent shahar umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlanishni tashkil etish, oshxona va bufetlarni ijaraga berish, tanlovlarni o‘tkazish va g‘oliblarni aniqlash O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi “Xalq ta’limi sohasida loyiha hujjatlariga texnik topshiriqlarni ishlab chiqish va qurilish ob’ektlari sifatini monitoring qilish bo‘yicha injiniring kompaniyasi” davlat unitar korxonasi tomonidan amalga oshiriladi;

Bunda davlat ko‘chmas mulk ob’ektlarini ijaraga berish bo‘yicha savdolarni “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasi orqali amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining quyidagi takliflariga rozilik beriladi:

• davlat-xususiy sheriklik asosida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining oshxona va bufetlarini belgilangan talablarga mos ravishda sarmoyadorlarga uzoq muddatga (kamida 3 yil) foydalanishga berish;

davlat-xususiy sheriklik asosida xalq ta’limi tizimidagi ta’lim muassasalarining yer maydoni yoki bo‘sh turgan bino inshootlarini foydalanishga berishda tuzilgan davlat-xususiy sheriklik bitimi muddati davomida har yili sarmoyador tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravaridan kam bo‘lmagan mablag‘ni ta’lim muassasasining maxsus hisob raqamiga o‘tkazib beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

O'qituvchilar uchun imtiyozli yo'l chiptalari

Baholaganlar

58

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar