O‘qituvchi va tarbiyachilarni bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish boshlandi

Jamiyat

image

O‘zbekistonning ayrim hududlarida maktab o‘qituvchilari va maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilarni bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish boshlandi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherboyev ma’lum qildi. 

Gap shundaki, o‘tgan oy Rasul Kusherboyev Moliya vaziri, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri, Sog‘liqni saqlash vaziri hamda Xalq ta’limi vaziri nomiga pedagoglarning tibbiy ko‘rikdan o‘z hisoblaridan majburan o‘tkazilishi masalasida "deputatlik so‘rovi" yuborgan edi. 

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunining 45-moddasida davlat ta’lim muassasalari va tashkilotlari xodimlari davlat sog‘liqni saqlash muassasalarida bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tishi bepul etib belgilangan. Biroq, qonunning ushbu moddasidan ko‘pchilik bexabar edi va modda amalda ishlamay kelayotgandi. 

Kusherboyev yuborgan deputatlik so‘rovi asosida adolat tiklandi. Uning qayd etishicha, ayni vaqtda o‘qituvchilarni va maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilarini bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish boshlangan.

“Ta’lim tizimi xodimlarining bepul tibbiy ko‘rigi masalasida Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Amrillo Inoyatov bilan muloqotda bo‘ldim.

Qonunda ushbu tizim xodimlari uchun majburiy tibbiy ko‘rik bepul ekanligi ko‘rsatilishiga  qaramay turli vajlar bilan bu qonun talabi bajarilmay, xodimlar o‘z hisoblaridan tibbiy ko‘rikdan o‘tib kelishmoqda edi.

Ushbu masalada yaqinda Sog‘liqni saqlash vaziri, Xalq ta’limi vaziri, Moliya vaziri, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri nomiga deputatlik so‘rovi kiritgan edim 

Muloqotda Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari biz ko‘targan ushbu masala o‘rganilgani va asosli ekanligini inobatga olib, zudlik bilan viloyatlardagi Sog‘liqni saqlash boshqarmalari va tibbiy markazlarga Xalq ta’limi hamda Maktabgacha ta’lim tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan o‘qituvchi va tarbiyachilarni bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha topshiriqlar berilganini bildirdi.

Bu haqida tarmoqlarda ham e’lonlar chiqarilmoqda ekan.

Shuningdek, moliyaviy masalalarni hal etish haqida Vazirlar Mahkamasi tomonidan Moliya vazirligiga tegishli topshiriq ham berilibdi.

Nihoyat qonunda kafolatlangan huquqning amalda ham ta’minlanishiga erishilayotgani bizni hursand qilmoqda. Har qalay harakatlarimiz zoye ketmabdi.

Endi o‘qituvchi va tarbiyachilarni tezroq bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tishga chaqiramiz”, deb yozgan o‘zining Telegram-kanalida Kusherboyev.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

79

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing