O‘qishga kiritishni va’da qilgan Andijon universiteti o‘qituvchisi ushlandi

Jamiyat

image

Andijon davlat universiteti katta o‘qituvchisi o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga pora olayotgan vaqt qo‘lga tushdi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, Departament hamda DXXning Qo‘rg‘ontepa tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Andijon davlat universiteti katta o‘qituvchisi U.Q. fuqaro M.ning farzandini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Qirg‘iziston Respublikasidagi universitetlardan biriga, “Stomatologiya” yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgani aniqlangan. Evaziga 1 400 AQSH dollar pora olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga tushgan.

Bundan tashqari, Departamentning Shahrixon tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro O.O‘. boshqa bir fuqaro N.ni Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutiga tanishlari orqali o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan. “Xizmat”i evaziga 1 100 AQSH dollari olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Xabarga ko‘ra, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

89

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing