O‘qishga kiritish evaziga pul talab qilgan firibgar ushlandi
3-sahifa
−
03 fevral 2023 4528 1 daqiqa
Andijon viloyatida Tibbiyot texnikumiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, Xonobod shahrida fuqaro boshqa tanishlari yordamida ikki kishiga ularni viloyatdagi Qo‘rg‘ontepa tumani tibbiyot texnikumiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da beradi. Buning evaziga ulardan 700 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning yanvar oyida Buxoroda o‘qishga kiritish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etilgan edi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust