O‘qishga kiritib qo‘yish uchun odamlardan 22 500 dollar olganlar ushlandi
Jamiyat
−
08 fevral 2021 4504 1 daqiqa
Fuqarolarni o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 22 500 AQSH dollarini qo‘lga kiritgan firibgarlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura QALAMPIR.UZ’ga xabar bermoqda.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shahrisabz shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro M.F. va I.Sh. lar firibgarlik yo‘li bilan daromad orttirish maqsadida, fuqarolarning ishonchiga kirib, ularni tanishlari orqali “Abu Ali Ibn Sino” nomidagi jamoat salomatligi texnikumiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 21 nafar fuqaroning 5 000 AQSH dollari va 5,2 mln so‘mini qo‘lga kiritgan.
Shuningdek, fuqaro S. ni Qarshi davlat Universitetiga o‘qishga kiritish va Toshkent shahridan uy olib berishini aytib, uning 17 500 AQSH dollarini qo‘lga kiritganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan M.F. va I.Sh. larga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi va 28, 211-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Live
Barchasi