O‘qishga kira olmagan maktab bitiruvchilari uchun yana bir imkoniyat yaratildi
Jamiyat
−
01 Sentabr 2021
25132Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kira olmagan 11-sinf bitiruvchilari texnikum va kollejlarda birinchi kasb yoki mutaxassisliklar bo‘yicha bepul o‘qishi mumkin. Bu haqda Prezidentning “Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘rtasida ta’lim jarayoni hamda tarmoq tashkilotlari bilan ishlab chiqarish amaliyoti uzviyligini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi yangi qarorida keltirilgan.
Qarorga ko‘ra, 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab, oliy ta’lim muassasalari huzurida 24 ta texnikum tashkil etiladi, turdosh OTM hamda asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha tarmoq tashkilotlariga 213 ta texnikum biriktiriladi.
Shuningdek:
• Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Jizzax xizmat ko‘rsatish va servis texnikumi tugatilib, uning barcha mol-mulki TATU huzuridagi Jizzax axborot texnologiyalari texnikumiga o‘tkaziladi;
• texnikumlar va akademik litseylarda malaka talablari, o‘quv reja va dasturlar, o‘quv-me’yoriy hujjatlar tayanch OTM tomonidan ishlab chiqiladi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi;
• OTMlar o‘zlariga biriktirilgan texnikumlarni o‘quv-metodik hujjatlar bilan ta’minlaydi.
Qarorga muvofiq, 2022/2023 o‘quv yilidan texnikumlarga qabul parametrlarini shakllantirishda qurilish, transport, qishloq xo‘jaligi, yengil sanoat, xizmat ko‘rsatish va axborot texnologiyalari kabi sohalarda o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlashning davlat buyurtmasini bosqichma-bosqich ko‘paytirishni amalga oshirish nazarda tutilgan.
LiveBarchasi