UFC jangchisi ikki singlisini o‘ldirmoqchi bo‘ldi

Olam

image

AQSHda UFC jangchisi Irvina Riveru ikki singlisiga hujum qilganidan keyin hibsga olindi, deb xabar bermoqda “CBS Sports” Florida shtatining Boyton-Bich politsiyasiga tayanib.

Politsiya xabariga ko‘ra, eshikni taqillatish bilan qo‘shnilar bir ayol: “U meni o‘ldirmoqchi, iltimos, singlimga ham yordam bering”, deb qichqirganida uyg‘onib ketgan. Qonga botgan Riveru qo‘shnilariga hammasi joyida ekanini aytib, eshikni yopgan, shundan keyin u qochib ketgan.

Politsiya uning singlisini sportchining qarorgohi orqasidan, boshi va qo‘lidan pichoq bilan jarohat olgan holatda topadi. Katta opaning yuzida, orqasi, qo‘llarida yaralar bo‘lgan va ikkala o‘pkasidan jarohatlar olgan. Opa-singillar zudlik bilan kasalxonaga olib borilgan, hozirda ulardan birining ahvoli barqaror, ikkinchisining esa, ahvoli og‘ir.

Politsiya Riveruni hibsga olishga muvaffaq bo‘lgan. Keyin u politsiyaga hujumni bu uning maqsadi bo‘lgani sababli amalga oshirgani va unga “yuqori hokimiyatdan” buyruq berilganini aytgan.

Sportchiga qasddan suiqasd qilish aybi bilan ikkita ayblov qo‘yilgan va hozirda Palm-Bich okrugidagi qamoqxonada saqlanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

644

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing