UFC rahbari Habibning qaytishi uchun imkoniyat borligini aytdi
Sport
−
05 mart 2021
9478UFC prezidenti Dana Uayt sportchi Habib Nurmuhamedovning oktagonga qaytishini tan oldi. Uayt promouterlikning YouTube kanalida namoyish etilgan matbuot anjumanida yuqoridagi mazmunda so‘z ochgan.
“Yengil vazn toifasida janglar ko‘p. Keling, hozircha kutib turaylik, ushbu janglarning ba’zilari qanday bo‘lib o‘tishini ko‘rib chiqaylik, shunda chempionlik uchun kim kurashishi aniq bo‘ladi. Agar Habibga qiziqish bo‘lsa, u jangni qabul qiladi. Menimcha, uning qaytishi uchun hali ham imkoniyat bor. Men vaziyatni kuzatyapman”, deydi Uayt.
Nurmuhamedov yengil vaznda UFC chempionligini uchinchi marta himoya qildi. Amerikalik Jastin Getjiga qarshi jangdan so‘ng, rossiyalik o‘zining professional karerasini yakunlashini e’lon qildi. Qaror jangchining onasi bilan birgalikda, otasi Abdulmanap o‘tgan yozda koronavirus infeksiyasidan vafot etganidan keyin qabul qilingan.
LiveBarchasi