UFC Prezidenti: “Fyuri UFC’da jang qilsa, xursand bo‘laman”

Sport

image

UFC Prezidenti Dana Uayt Tayson Fyurining Deonte Uaylder ustidan qozongan g‘alabasidan qoyil qolib, bu borada o‘z fikr bildirdi.

“Tayson Fyuri Uaylderga qarshi ajoyib jang o‘tkazdi. Meni Fyurining kelajakdagi faoliyati qiziqtirmoqda. Qayerda bo‘lishidan qat’iy nazar, men Tayson Fyuriga hayrat bilan qarayman. Agarda Tayson Fyuri UFC’da jang qilishni istasa, bundan juda ham xursand bo‘lardim. Uni faoliyatidagi qolgan janglarini ham tomosha qilishni sabrsizlik bilan kutaman”, dedi UFC prezidenti Dana Uayt.

Eslatib o‘tamiz, Tayson Fyuri va Deontey Uaylder o‘rtasidagi dastlabki jang hakamlarning qaroriga ko‘ra, durang natija bilan qayd etilgan edi. Shu yilning 23 fevral kuni bo‘lib o‘tgan jangda Tayson Fyuri raqibini 7-raundda nokautga uchratib, og‘ir vazn toifasida WBC yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempionligini qo‘lga kiritdi.

Jahongir Sotvoldiyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Ufc

Baholaganlar

37

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar