UFC prezidenti Habib-Oliveyra jangini tashkil qilmoqchi
Sport
−
22 Oktabr 2022
4566UFC prezidenti Dana Uayt yengil vazn toifasida sobiq chempion Habib Nurmuhamedov braziliyalik Charlz Oliveyra bilan jangga rozi bo‘lishiga umid bildirmoqda.
"Ushbu jang atrofidagi gap-so‘zlarga chek qo‘yishning yagona yo‘li Nurmuhamedov va Oliveyra o‘rtasidagi bahsni tashkil qilishdir. Buning uchun Habib faoliyatini davom ettirishi kerak. Umid qilamizki, biz buni uddalay olamiz, deya Uaytning so‘zlarini keltirdi "Low Kick MMA" nashri.
Ma’lumot uchun, rossiyalik jangchi 2020 yil oktyabr oyida UFC 254 turnirida AQSH sportchisi Jastin Getjini mag‘lub etganidan so‘ng faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 22 oktyabr kuni Abu-Dabida UFC 280 turniri bo‘lib o‘tadi. Asosiy jangda Islom Maxachev va Charlz Oliveyraga qarshi oktagonga chiqadi. G‘olib jangchi yengil vazn toifasida UFC chempionlik kamarini qo‘lga kiritadi.
Shaxzod Shukurov
LiveBarchasi