UFC Nurmuhammedov va Sendxagen o‘rtasida jang tashkil qilmoqchi
Sport
−
16 may 2023
3435UFC yengil vazn toifasida (61 kg gacha) rossiyalik Umar Nurmuhammedov va amerikalik Kori Sendxagen o‘rtasida jang tashkil etish ustida ishlamoqda. Bu haqda taniqli UFC sharhlovchisi Ariel Xelvani ma’lum qildi.
Umar Nurmuhammedov 27 yoshda. Jangchi 2016 yilda professional debyut qilgan. 2021 yilning yanvar oyida u UFC'dagi ilk jangini o‘tkazdi. Hammasi bo‘lib rossiyalik sportchi MMA'da 16 ta jangda g‘alaba qozongan va biror marta ham mag‘lubiyatga uchramagan.
Kori Sendxagen esa 31 yoshda. Amerikalik jangchi 2018 yildan buyon UFC'da faoliyat yuritmoqda. Sendxagen UFC'dagi so‘nggi jangida ekvadorlik Marlon Verani mag‘lub etdi. Sendxagen MMA'da jami 16 ta g‘alaba qayd etgan, 4 ta bahsda esa mag‘lubiyat alamini ta’tib ko‘rgan.
LiveBarchasi