UFC'ning eng kuchli jangchilari e’lon qilindi
Sport
−
14 Sentabr 2022
16567UFC'ning (Ultimate Fighting Championship) vazn toifasidan qat’iy nazar (pound for pound) eng kuchli jangchilari e’lon qilindi. Ushbu reytingda avstraliyalik Aleksandr Volkanovski yetakchilik qilmoqda. Bu haqda tashkilot rasmiy saytida xabar berildi.
Ikkinchi pog‘ona Yangi Zelandiya vakili Israel Adesanyaga nasib etgan. Kuchli uchlikka braziliyalik “bo‘g‘ma ilon” Charlz Oliveyra yakun yasab bergan.
Konor Makgregor, Justin Getji va Islom Maxachev singari mashhur sportchilar UFC'ning eng kuchli jangchilari reytingidan tushib qolgan.
Oxirgi jangini 2020 yilning 8 fevralida o‘tkazgan Jon Jons vazn toifasidan qat’iy nazar eng kuchlilar orasida 11-o‘rinni egallagan. Jon UFC prezidenti Dana Uaytning sevimli sportchisi hisoblanadi.
Vazn toifasidan qat’iy nazar dunyoning eng kuchli 15 ta UFC jangchisi bilan tanishing:
1. Aleksandr Volkanovski
2. Israel Adesanya
3. Charlz Oliveyra
4. Kamaru Usman
5. Frensis Ngannu
6. Leon Edvards
7. Aljemeyn Sterling
8. Dastin Pore
9. Deyveson Figeredo
10. Irji Proxazka
11. Jon Jons
12. Maks Xollouey
13. Petr Yan
14. Brendon Moreno
15. Stipe Miochich.
Eslatib o‘tamiz, UFC shu yilning 23 avgustida e’lon qilgan reytingda ham Aleksandr Volkanovski yetakchilik qilgan edi.
LiveBarchasi