UFC'dagi o‘zbekistonliklar soni yana bir nafarga ko‘payishi mumkin
Sport
−
12 avgust
8838O‘zbekistonlik MMA jangchisi, “Rizin” va Murodov Professional ligasi kabi tashkilotlar turnirlaridagi janglari bilan tanilgan Ramazon Temirov nufuzli aralash yakkakurash ligasi UFC bilan shartnoma imzolashi mumkin. Bu borada sportchining o‘zi Instagram sahifasida UFC'ga o‘tishiga ishora qildi.
“Siz va biz kutayotgan yangilikning bombasi menga yetib keldi. Bugun kechqurun o‘sha yangilikni sizga ulashaman”, deydi sportchi.
Qayd etish joiz, o‘zbek MMA olamida 27 yoshli Ramazon Temirovning anchadan buyon UFC'ga o‘tishi haqida gap-so‘zlar yuradi.
Ma’lumot uchun, Temirov shu vaqtga qadar MMA'da 9 ta jang o‘tkazib, 8 tasida raqiblaridan ustun kelgan, 1 ta jangda esa imkoniyatni boy bergan. Janglarining 5 tasida raqiblarini nokautga uchratgan.