UFC’da eng yengil vazn toifasidagi chempion o‘zgardi

Sport

image

Bugun, 13 iyun kuni AQSHning Arizona shtatida uzoq kutilgan “UFC 263” turniri bo‘lib o‘tdi. Dasturdan ikkita chempionlik jangi o‘rin olgan edi. Birinchisi, eng yengil vazn toifasidagi Deyvison Figeredo va Brendon Moreno, ikkinchisi, Israel Adesanya va Marvin Vettori o‘rtasida kechdi.

Dastlab, eng yengil vazn toifasida chempionlik kamari sohibi braziliyalik Deyvison Figeredo birinchi raqamli da’vogar meksikalik Brendon Morenoga qarshi himoya jangini o‘tkazdi. 

5 raundga mo‘ljallangan jang muddatidan avval yakunlandi. Moreno bahsni juda faol o‘tkazdi va raqibiga bir nechta kuchli zarbalar berib, uni muvozanatdan chiqardi. Uchinchi raundda meksikalik MMA ustasi Figeredoni bo‘g‘ish uslubi orqali mag‘lub etib, yengil vazn toifasidagi yangi chempionga aylandi.

O‘rta vazn toifasida UFC chempioni nigeriyalik Israel Adesanya italiyalik Marvin Vettoriga qarshi oktagonga ko‘tarildi. Jang to‘liq davom etdi, yakunda chempion ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozondi va o‘z kamarini himoya qildi. Jang Adesanya tuzgan ssenariy asosida o‘tdi.

Humoyun Oripov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

849

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing