UFC chempioni superog‘ir vaznga o‘tadi
Sport
−
12 oktabr 2019 5066 1 daqiqa
O‘rta vazn toifasida UFCning yangi chempioni Israel Adesanya vaznini o‘zgartirmoqchi.
Bu haqida uning murabbiyi Yujin Berman ma’lum qildi.
“Jons super og‘ir vaznga o‘tish niyatida emas. Israel esa superog‘ir vaznga o‘tib Stip Miochichga qarshi jang qilmoqchi. Jons Stipga qarshi oktagonga chiqmoqchi emas, u o‘zining divizionida hukmronlik qilmoqchi. Biz esa Miochich bilan jang qilishni istaymiz”, dedi Yujin Berman.
Ma’lumot uchun, Isroil Adesanya 1989 yil 22-iyulda Nigeriyaning Lagos shahrida tug‘ilgan, ammo bolaligida Yangi Zelandiyaga doimiy ravishda ko‘chib o‘tgan. U o‘zi uchun kurashish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun sakkiz yoshidan jang san’ati bilan shug‘ullana boshladi
Live
BarchasiPutin To‘qayev bilan ham telefonlashdi
21 sentabr
Qashqadaryoda 2300 yillik ossuariy topildi
21 sentabr