UFC chempioni Dana Uaytni baxilga chiqardi

Sport

image

Og‘ir vazn toifasida UFC chempioni Fransis Ngannu UFC prezidenti Dana Uaytdan  promoushindagi janglar  uchun to‘lovlarni oshirishni talab qilgan bloger Jeyk Polning so‘zlariga javob qaytardi. Fransisga ko‘ra, Jeyk Polning UFC jangchilarining ish haqini oshirish haqidagi talabi to‘g‘ri.

“Men uning barcha bayonotlarini internetda kuzatib boraman va nima bo‘layotganini bilaman. Bilasizmi, Polning o‘ziga xos muloqot usuli bor, bu boshqalardan biroz farq qiladi. Ha, u bilan men boshqacha gaplashamiz, lekin men uni ayblamayman. Men Jeyk aytgan hamma narsaga 100% qo‘shilaman. Jangchining oyligini oshirish kerak desa, 1000 foiz roziman. Askarlar himoyalanmagan. Jangchilar yolg‘iz, ularga hech kim qaramaydi. Gohida sport zalida aylanib yurib, jangda endigina yutqazib, jarohat olgan bir jangchini ko‘raman. Lekin u hamma jarohatlari tuzalib ketishiga umid qilib, mashg‘ulotlarda davom etadi, chunki davolanishga qurbi yetmaydi, faqat jang orqali tirikchilik qilishini biladi. Bunday holatlarga qarab, bu normal holat deb o‘ylash qiyin. Yo‘q, bu normal emas, jangchilar doimo sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘yishadi. Hech bo‘lmaganda ularga yaxshi tibbiy sug‘urta bering”, degan Ngannu. 

Ngannu bildirgan fikrlarda qaysidir ma’noda jon bor. UFC'dagi jangchilarning katta qismi arzimagan choychaqa uchun oktagonga chiqadi. Masalan, jangdan keyingi gonararlar oddiy odam uchun kattadek tuyulishi mumkin, biroq jangchining hayotini xavf ostiga qo‘yishi uchun ancha kamlik qiladi. Misol uchun, Fransis Ngannuning jangdan oldingi kafolatlangan gonarari 600 – 700 ming dollar atrofida bo‘ladi. Eslab qoling, bu narx UFC'ning eng tomoshabop jangchilaridan biriga to‘lanadigan puldir. Tomoshabinlar e’tiboriga tushmagan sportichilarga bundan ikki uch barobar kam haq beriladi. 

Bundan oldin, Fransis boksga o‘tish niyati borligi haqida gapirgandi. Bunga sabab sifatida unga to‘lanayotgan haqning katta emasligini ta’kidlagan. Mana endi tushungandirsiz, kamerunlik chempion Fransis Ngannu nima uchun MMA'ni boksga almashtirmoqchi ekan, boks rostan ham UFC'ga qaraganda ancha sahiy.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

11

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing