UFC chempioni Adesanya faoliyatida ilk bor mag‘lubiyatga uchradi

Sport

image

Yangi Zelandiyalik MMA jangchisi Isroil Adesanya Polsha vakili Yan Blaxovich bilan duelda imkoniyatni boy berdi. Bu uning faoliyatidagi birinchi mag‘lubiyat hisoblanadi.

Jang “Ultimate Fighting Championship” (UFC) turniri doirasida, yarim og‘ir vazn toifasida bo‘lib o‘tdi, unda Blaxovich chempionlikni himoya qildi. Ma’lumot uchun, Adesanya hisobida o‘rta vazndagi chempionlik kamari bor.

Jang to‘liq besh raund davom etdi. So‘nggi natijalarga ko‘ra, hakamlar Blaxovichni jang g‘olibi, deb topdi. Ushbu mag‘lubiyat Adesanyaning faoliyatidagi birinchisi bo‘ldi.

Isroil Adesanya hisobida 20 ta g‘alaba bor edi. Endi ularning orasiga bitta mag‘lubiyat ham qo‘shildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

535

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing