UFC 281 markaziy jangi kimlar o‘rtasida kechishi ochiqlandi

Sport

image

Joriy yilning 12 noyabr kuni Nyu-Yorkdagi “Madison Square Garden” arenada bo‘lib o‘tadigan UFC 281 turnirining markaziy jangida kimlar oktagonga chiqishi ma’lum bo‘ldi.

Yangi zelandiyalik Israel Adesanya o‘z chempionlik kamarini Aleks Pereyradan himoya qiladi. Adesanya – Pereyra qarshiligi o‘z tarixiga ega. Adesanya kikboksing qoidalari bo‘yicha o‘tgan jangda Aleksga nokaut bilan mag‘lub bo‘lgan. Shunga qaramay o‘sish dinamikasida ilgarilab ketib, hozirda UFC promoushenning asosiy yulduzlaridan biriga aylandi.

UFC bu voqeani e’tiborsiz qoldirmadi va Adesanya yana bir bor Pereyra bilan kuch sinashishi uchun imkoniyat yaratdi.

Israel Adesanya oxirgi marta joriy yilning 2 iyul kuni UFC 276 turnirida Jared Kannonega qarshi jangda g‘alaba qozondi. Shuningdek, Aleks Pereyra aynan shu turnirda Shon Striklendni nokautga uchratdi.

Avvalroq UFC 281 turnirida Dastin Pore – Maykl Chendler jangi o‘tkazilishi haqida xabar bergandik.

Ibrohim Davronov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

297

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing