UFC 280. Dahshatli jangda Petr Yan Shon O'Melliga yutqazdi (video)
Sport
−
23 Oktabr 2022 8190 2 daqiqa
Bugun, 23 oktyabr Birlashgan Arab Amirliklaraining Abu-Dabi shahrida, UFC 280 turniri doirasida rossiyalik nomdor jangchi Petr Yan va amerikalik Shon O'Melli o‘rtasida jang bo‘lib o‘tdi.
Birinchi raunda tomoshabinlar asosan Yanning boksga xos harakatlarining guvohiga aylandi. Raundning so‘nggi daqiqasida O'Melli ham faollikni oshirdi.
Rossiyalik jangchi ikkinchi raundda ham sezilarli ustunlikka erishdi. Yan parterda ham, “stoykada” ham ajoyib harakat qildi. Shon Yanning zarbalariga arang bardosh berib turdi va ikkinchi 5 daqiqalikni butkul boy berdi.
Hal qiluvchi uchinchi raundda O'Melli tavvakaliga oldinga tashlanishi kutilgandi va shunday bo‘ldi ham. Amerikalik sportchi masofani qisqartirib, Petr Yanni ushlashga harakat qildi. Shonning tizzasi bilan bergan zarbasi tufayli rossiyalik sportchining qoshi yorildi. O'Melli bundan tashqari ham ajoyib zarbalar yo‘lladi.
Kutilmaganda, kechaning eng zo‘r janglaridan birida O'Melli Petr Yanni hakamlarning qarori evaziga mag‘lub etdi. Ikki nafar hakam Shonning g‘alabasini qayd etgan bo‘lsa, uchinchi hakam Yanning qo‘li baland kelganini ko‘rsatdi. Ushbu qaror hozirdanoq ayrim muxlis va mutaxassislarning noroziligiga sabab bo‘lishni boshladi.
Ma’lumot uchun, Yan MMA'dagi professional faoliyati davomida 19 ta jang o‘tkazib, 16 g‘alaba va 3 ta mag‘lubiyat qayd etgan. Shon O'Melli esa 17 ta jangidan 15 tasida g‘alaba qozongan. Shon 1 ta jangda mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa, uning yana bitta jangi natijasi bekor qilingan.
Live
Barchasi