UFC 280. Aljameyn Sterling Ti Jey Dillashouni nokaut evaziga mag‘lub etdi (video)
Sport
−
23 Oktabr 2022 4370 1 daqiqa
Bugun, 23 oktyabr kuni Birlashgan Arab Amirliklaraining Abu-Dabi shahrida UFC 280 turniri doirasida amerikalik Aljameyn Sterling o‘zining chempionlik kamarini hamyurti Ti Jey Dillashoudan himoya qilish uchun oktagonga ko‘tarildi.
Birinchi raund kutilganidek Sterlingning dahshatli ustunligida o‘tdi. Aljameyn Dillashouni parterda istagan ko‘yiga soldi. Ti Jey birinchi raundda mutloq imkoniyatni boy berdi. Qo‘shimchasiga jiddiy jarohat ham orttirib oldi.
Ikkinchi raundda ham Dillashou vaziyatni o‘nglashning uddasidan chiqa olmadi va ketma ket zarbalarni o‘tkazib yubordi. Natijada jang referesi to‘qnashuvni muddatidan avval to‘xtatdi. Shu tariqa Sterling chempionlik kamarini o‘zida saqlab qoldi.
Ma’lumot uchun, Aljameyn Sterling MMA'dagi professional faoliyati davomida 24 ta jang o‘tkazib, 21 ta g‘alaba va 3 ta mag‘lubiyat qayd etgan. Ti Jey Dillashou esa 22 ta jangidan 18 tasida g‘alaba qozongan. Ti Jeyning hisobida 4 ta mag‘lubiyat ham bor.
Live
Barchasi