UFC 268 ishtirokchilari qancha ishlab topdi?

Sport

image

Kecha, 7 noyabr kuni tongda Nyu-Yorkdagi (AQSH) “Madison Square Garden” sport arenasida UFC 268 turniri bo‘lib o‘tdi. Sport musobaqasining asosiy qarama-qarshiligida amerikalik UFC ustalari Kamaru Usman va Kolbi Kovington yarim o‘rta vazn toifasidagi chempionlik uchun kurash olib borishdi. Qiziqarli kechgan jangda Usman g‘alaba qozondi.

Turnir yakunida uning barcha ishtirokchilari qancha ishlab topganligi ma’lum qilindi.

UFC 268 musobaqasining barcha ishtirokchilari ishlab topgan mablag‘:

Kamaru Usmon: 642 000 dollar (jang uchun 600 000 dollar, jangdan bir hafta oldin 42 000 dollar rag‘bat to‘lovi).

Kolbi Kovington: 532 000 dollar (jang uchun 500 000 dollar, jangdan bir hafta oldin 32 000 dollar rag‘bat to‘lovi).

Jastin Getji: 356 000 dollar (jang uchun 150 000 dollar, g‘alaba uchun 150 000 dollar, Turnirning eng yaxshi jangi uchun 50 000 dollar bonus, jangdan bir hafta oldin 6 000 dollar rag‘bat to‘lovi).

Frenki Edgar: 271 000 dollar (jang uchun 250 000 dollar, jangdan bir hafta oldin 21 000 dollar rag‘bat to‘lovi).

Rouz Namayunas: 262 000 dollar (jang uchun 110 000 dollar, g‘alaba uchun 110 000 dollar, jangdan bir hafta oldin 42 000 dollar  rag‘bat to‘lovi). 

Marlon Vera: 216 000 dollar (jang uchun 75 000 dollar, g‘alaba uchun 75 000 dollar, turnirdagi eng yaxshi ko‘rsatkich uchun 50 000 bonus, jangdan bir hafta oldin 16 000 dollar rag‘batlant to‘lovi).

Maykl Chendler: 164 000 dollar (jang uchun 110 000 dollar, turnirning eng yaxshi jangi uchun 50,000 dollar bonus, jangdan bir hafta oldin 4 000 dollar rag‘bat to‘lovi).

Sheyn Burgos: 156 000 dollar (jang uchun 75 000 dollar, g‘alaba uchun 75 000 dollar, jangdan bir hafta oldin 6 000 dollar rag‘bat to‘lovi).

Bobbi Grin: 155 000 dollar (jang uchun 42 000 dollar, g‘alaba uchun 42 000 dollar, turnirning eng yaxshi ko‘rsatkichi uchun 50 000 dollar bonus, jangdan bir hafta oldin 21 000 dollar rag‘bat to‘lovi).

Aleks Pereyra: 134 000 dollar (jang uchun 40 000 dollar, g‘alaba qozonish uchun 40 000 dollar, turnirdagi eng yaxshi ko‘rsatkich uchun 50 000 dollar bonus, jangdan bir hafta oldin 4 000 dollar rag‘bat to‘lovi).

Jan Veyli: 132 000 dollar (jang uchun 100 000 dollar, jangdan bir hafta oldin 32 000 rag‘bat to‘lovi).

Jan Villante: 9 0000 dollar (jang uchun 75 000 dollar, jangdan bir hafta oldin 21 000 rag‘bat to‘lovi).

El Yakvinta: 84 000 dollar (jang uchun 73 000 dollar, jangdan bir hafta oldin 11 000 rag‘bat to‘lovi).

Kris Barnett: 74 000 dollar (jang uchun 10 000 dollar, g‘alaba uchun 10 000 dollar, turnirdagi eng yaxshi ko‘rsatkich uchun 50 000 dollar bonus, jangdan bir hafta oldin 4 000 dollar rag‘bat to‘lovi).

Dastin Jeykobi: 50 000 dollar (jang uchun 22 000 dollar, g‘alaba qozonish uchun 22 000 dollar, jangdan bir hafta oldin 6 000 dollar rag‘bat to‘lovi).

Ode Osborn: 46 500 dollar (jang uchun 20 000 dollar, g‘alaba uchun 20 000 dollar, 2 000 dollar bonus, jangdan bir hafta oldin 4 500 dollar rag‘bat to‘lovi).

Billi Kuarantillo: 46 000 dollar (jang uchun 40 000 dollar, jangdan bir hafta oldin 6 000 dollar rag‘bat to‘lovi).

Nassurdin Imavov: 44 500 dollar (jang uchun 20 000 dollar, g‘alaba uchun 20 000 dollar, jangdan bir hafta oldin 4 500 dollar rag‘bat to‘lovi).

Edmen Shahbazyan: 38 000 dollar (jang uchun 32 000 dollar, jangdan bir hafta oldin 6 000 dollar rag‘bat to‘lovi).

Melsik Bagdasaryan: 30 000 dollar (jang uchun 12 000 dollar, g‘alaba uchun 12 000 dollar, bonus 2 000 dollar, jangdan bir hafta oldin 4 000 dollar rag‘bat to‘lovi).

Filipp Xouz: 26 500 dollar (jang uchun 22 000 dollar, jangdan bir hafta oldin 4 500 dollar rag‘bat to‘lovi).

Kris Kyortis: 24 000 dollar (jang uchun 10 000 dollar, g‘alaba uchun 10 000 dollar, jangdan bir hafta oldin 4 000 dollar rag‘bat to‘lovi).

Ian Garri: 24 000 dollar (jang uchun 10 000 dollar, g‘alaba uchun 10 000 dollar, jangdan bir hafta oldin 4 000 dollar rag‘bat to‘lovi).

Jon Allan: 18 000 dollar (jang uchun 14 000 dollar, jangdan bir hafta oldin 4 000 dollar rag‘bat to‘lovi).

Andreas Mixaylidis: 16 000 dollar (jang uchun 12 000 dollar, jangdan bir hafta oldin 4 000 dollar rag‘bat to‘lovi).

Jordan Uilyams: 14 000 dollar (jang uchun 10 000 dollar, jangdan bir hafta oldin 4 000 dollar rag‘bat to‘lovi).

Bruno Souza: 12 000 dollar (jang uchun 10 000 dollar, bonus 2 000 dollar, jangdan bir hafta oldin 4 000 dollar rag‘bat to‘lovi).

Ci-Jey Vergara: 12 000 dollar (jang uchun 10 000 dollar, bonus 2 000 dollar, jangdan bir hafta oldin 4 000 dollar rag‘bat to‘lovi).

Jamshidbek Mahmudov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

201

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing