UFC 265 turnirida superog‘ir vazn toifasining vaqtinchalik chempioni aniqlanadi
Sport
−
29 iyun 2021
2212UFC prezidenti Dana Uayt og‘ir vazn toifasida vaqtinchalik UFC kamari uchun kimlar jang qilishini e’lon qildi. Muvaqqat chempionlik kamari uchun amerikalik Derrik Lyuis va fransiyalik Siril Gan o‘zaro bahs olib boradi. Jang, joriy yilning 7 avgust kuni Xyustonda UFC 265 kechasining markaziy jangi sifatida bo‘lib o‘tadi. Gan faoliyati davomida 9 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. Lyuis esa, 33 ta bahsda 25 g‘alaba va 7 mag‘lubiyatga ega.
Og‘ir vazn toifasida UFC chempioni Frensis Ngannu birinchi raqamli da’vogar Lyuis bilan avgust oyida jang o‘tkazishi kerak edi, ammo u belgilangan muddatga qadar tayyor bo‘lmasligini bildirdi. Shu munosabat bilan tashkilot rahbariyati vaqtinchalik unvon uchun Gan va Lyuis o‘rtasida vaqtinchalik kamar uchun jang o‘tkazishga qaror qildi.
Avvalroq, Gan rossiyalik Aleksandr Volkov bilan o‘tkazilgan bahsda g‘alaba qozongan edi. UFC Vegas 30 turniri doirasida bo‘lib o‘tgan bellashuvda Siril Gan hakamlarning yakdil qarori bilan g‘alaba qozondi. Ushbu janggacha u UFC’ning og‘ir vazn toifasidagi reytingida uchinchi o‘rinni egallab turgan edi. Volkov esa, beshinchi pog‘onada.
Humoyun Oripov
LiveBarchasi