UEFA “Oltin to‘p” hamkoriga aylandi 

Sport

image

Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) “France football” bilan “L'Equipe” jurnallari egasi va “Oltin to‘p” topshirish marosimini tashkil qiluvchi “Groupe Amaury” kompaniyasining hamkori bo‘ldi. Bu haqda UEFA o‘z rasmiy saytida xabar berdi.

“UEFA loyihaga o‘zining futbol tajribasini olib keladi, shuningdek, global tijorat huquqlarini targ‘ib qiladi. Bundan tashqari, erkaklar va ayollar futboli bo‘yicha yilning eng yaxshi murabbiylari uchun yangi mukofotlar joriy etiladi, bu ularning jamoalari muvaffaqiyatiga qo‘shgan bebaho hissasini e’tirof etadi”, deyiladi tashkilot xabarida.

Manbaga ko‘ra, barcha joriy mukofotlar ro‘yxati saqlanib qoladi, ya’ni erkaklar va ayollar uchun “Oltin to‘p”, “Copa trophy” (21 yoshgacha bo‘lgan eng yaxshi futbolchi), “Yashin trophy” (eng yaxshi darvozabon), Gerd Myuller sovrini (eng yaxshi to‘purar), mavsumning eng yaxshi erkaklar va ayollar klubi mukofoti va Sokrat mukofotiga (insonparvarlik ishlari uchun) hech qanday o‘zgartirish kiritilmaydi. 

Qayd etilishicha, “Groupe Amaury” “Oltin to‘p” brendi egasi bo‘lib qoladi va ovoz berishni nazorat qilishda davom etadi. UEFA bundan buyon Yevropada yilning eng yaxshi futbolchisiga sovrinni topshirmaydi.

Ta’kidlash joiz, “Oltin to‘p” 1956 yildan beri “France football” tomonidan har yili topshirilib kelinayotgandi. 2023 yilda sovringa  “Inter Mayami” va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi ega chiqdi.


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi Oltin to'p

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing