UEFAʼga isyon deya qaralgan liga rahbariyatida o‘zgarish bo‘ldi

Sport

image

Yevropa Superligasi rahbariyatida o‘zgarish bo‘lganligi e’lon qilindi. Endilikda germaniyalik funksioner Bernd Reyxart Superliganing yangi bosh direktori sifatida ish olib boradi. Bu haqda ushbu musobaqaning rasmiy matbuot xizmati berdi.

48 yoshli menejer avval RTL media xoldingini boshqargan. Reyxartning asosiy vazifasi - Superligani rivojlantirishdan iborat etib belgilandi.

Hozirda turnirda uchta klub bor: "Real Madrid", "Barselona" va "Yuventus". Boshqa grand klublar shov-shuvli musobaqada ishtirok etishdan bosh tortgandilar.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yilning 18 aprelida 12 ta klub Superliga deb nomlangan o‘z turnirini tashkil etishini e’lon qilgan edi, biroq loyiha UEFA bosimi ostida 2 kundan keyin amalda o‘z faoliyatini to‘xtatdi. Deyarli barcha klublar Superligada ishtirok etishdan voz kechganliklarini e’lon qilishdi.

Shaxzod Shukurov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

22

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing