“Uddalab bo‘lmas topshiriq bajarildi”: “Jiguli” haydovchisi jarimaga tortildi (video)

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda operator “Jiguli” rusumli avtomobilning yukxonasiga o‘tirib olib, harakatda bo‘lgan Malibu avtomobilini tasvirga olayotgani aks etgan videolavha “Uddalab bo‘lmas topshiriq bajarildi” sarlavhasi ostida tarqaldi. 

Hayot uchun xavfli bo‘lgan ushbu xatti-harakatlar ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi. Holat yuzasidan Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi Matbuot xizmati axborot berdi. 

Qayd etilishicha, qonunbuzarlik Samarqand viloyatining Toyloq tumanida sodir etilgan. “VAZ-2101” rusumli avtomobil haydovchisi F.Ya.ga nisbatan o‘rnatilgan tartibda ma’muriy bayonnoma tuzilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

206

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing