Uchtepadagi mahalla idorasida yong‘in bo‘ldi
Jamiyat
−
19 Oktabr 2019
3987Keyingi yillarda elektr tarmog‘idagi qisqa tutashuvlar, gazdan foydalanish qoidalariga rioya qilmaslik hamda yosh bolalarni nazoratsiz qoldirish oqibatida kelib chiqayotgan yong‘inlar soni ortib bormoqda.
Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasiga ko‘ra, bugun, 19 oktyabr kuni soat 14:18 da poytaxtning Uchtepa tumani, Oqshom ko‘chasi 29a-uyda joylashgan “Jarbuloq” mahalla fuqarolar yig‘ini xududida yog‘och va eski qurilish materiallari yonishi oqibatida, mahalla idorasning tomi va qisman xonalari 75 kvadrat metr maydonida yonib ketgan. Yong‘inni tarqalishi oqibatida qo‘shni xonadonlarning tom qismi va devor ustki yopmasi (kozыryok) jami 80 kvadrat metr maydoni ham zarar ko‘rgan.
Yong‘indan mahalla idorasining 100 kvadrat metr va uylarning 300 kvadrat metr maydonidagi qurilmalari saqlanib qolingan. Yong‘in o‘chirish jangovar bo‘linmalari chaqirilgan manzilga soat 14:22 da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong‘in soat 14:45 da qurshab olinib, soat 14:53 da bartaraf etilgan.
Yong‘in bolalarni olov bilan o‘ynashi oqibatida sodir bo‘lgan, deb tahmin qilinmoqda. Yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yong‘inda insonlarni halok bo‘lish va tan jarohati olish holatlari qayd etilmadi.
Shu munosabat bilan, Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ob’ekt rahbar hamda xodimlarini, shuningdek fuqarolarni yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etishlarini so‘rab qoladi.
LiveBarchasi