Uchtepada uch bosqinchi qo‘lga olindi
Jamiyat
−
21 may 2019 6481 1 daqiqa
Joriy yilning 19 may kuni Toshkent shahrining Uchtepa tumanida yashovchi S.G., S.M. va muqaddam sudlangan J.M.lar, Tabrik ko‘chasida yashovchi 56 yoshli S.G.ni uyiga bostirib kirgan va u yerda S.G.ning turmush o‘rtog‘i hamda qizini qo‘rqitib, pul talab qilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Shovqinni eshitib, ularning oldiga chiqqan qo‘shnisi A.Yo.ga bosqinchilar qarshilik ko‘rsatishgan. Natijada A.Yo. o‘zini himoya qilish maqsadida bosqinchilardan biri S.G.ga tan jarohati yetkazgandan so‘ng bosqinchilar voqea joyidan qochib ketgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ko‘rilgan choralar natijasida uch nafar bosqinchi qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust