Uchtepa hokimligining qator rahbarlari ishdan “uchirildi”

Jamiyat

image

Bugun, 24 noyabr kuni Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev boshchiligida Uchtepa tumani hokimligida o‘tgan yig‘ilishda ishda yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun tuman hokimining o‘rinbosarlari N. Ismatov, L. Almanov, maktabgacha ta’lim bo‘limi boshlig‘i N. Xanto‘rayeva, xalq ta’limi bo‘limi boshlig‘i O‘. Qurbonov hamda turizm va sport  bo‘limi boshlig‘i B. Nasibaliyev lavozimidan ozod etildi. Tuman hokimi F. Abdullayevga hayfsan berildi. Bu haqda poytaxt hokimiyati Matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Toshkent shahar hokimi Ortiqxo‘jayev ko‘pgina sohalarda ba’zi mas’ullarning o‘z vazifasiga loqayd, mas’uliyatsizlik, yuzaki yondashish holatlari hamon mavjud ekanligini tanqid qilgan. 

Xususan, bunday holatlar maktablar, jumladan, sinflardagi davomat, ta’lim sifati, bitiruvchilarning oliy o‘quv yurtlariga kirishidagi past ko‘rsatkichlar, shuningdek, maktabgacha ta’lim, qurilish, mahallalardagi tozalik, kichik korxonalardagi ish sharoitining talabga javob bermasligi, ko‘chat ekish jarayonidagi yuzakichilik, chiqindilarni vaqtida olib chiqib ketilmasligi holatlari bilan bog‘liq. 

“Ishda yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun tuman hokimining o‘rinbosarlari N. Ismatov, L. Almanov, maktabgacha ta’lim bo‘limi boshlig‘i N. Xanto‘rayeva, xalq ta’limi bo‘limi boshlig‘i O‘. Qurbonov hamda turizm va sport  bo‘limi boshlig‘i B. Nasibaliyev lavozimidan ozod etildi. Tuman hokimi F. Abdullayevga hayfsan berildi”, deyiladi xabarda.

Yig‘ilish yakunida mutasaddilarga o‘z faolyatini jiddiy ko‘rib chiqish, tanqidlardan tegishli xulosalar chiqarish, ishda ijobiy o‘zgarishlar qilish vazifasi  yuklatildi.  

Shuningdek, o‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, kelgusida shunga o‘xshash kamchiliklar kelib chiqishining oldini olishga qaratilgan tizimli ishlarni tashkil etish topshirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

408

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing