Uchta viloyatda o‘qishga kirib qo‘yishni va’da qilganlar ushlandi

3-sahifa

image

Toshkentda Yuridik universitetiga, Farg‘onada O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Farg‘ona filialiga, Namanganda Qirg‘iziston Respublikasi Botken viloyatdagi universitetlardan biriga o‘qishga kiritishni va’da qilganlar ushlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Toshkentda abituriyentni yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali Toshkent davlat yuridik universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, xizmati evaziga 18 ming AQSH dollari talab qildi. Ushbu holat Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan. 

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu shaxs pullarni Toshkent davlat pedagogika universitetining sobiq o‘qituvchisiga berishi kerak bo‘lgan va tezkor tadbir davom ettirilib, mazkur shaxs ham pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Yana bir shunga o‘xshash holatda, Toshkentdagi universitetlardan birining kafedra mudiri boshqa bir shaxsdan uning tanishini yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan. O‘qishga kiritish evaziga undan 10 ming AQSH dollarini olayotgan vaqtida qo‘lga tushgan.  

DXXning Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Departamentning hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda viloyatdagi institutlardan birining talabasi mahalliy fuqaroni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Farg‘ona filialiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan. Buning evaziga undan 5 ming AQSH dollarini olganda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan. 

Qayd etilishicha, talaba ushbu pullarni o‘zi taxsil olayotgan institutning sirtqi bo‘limi bosh mutaxassisiga berishi kerak bo‘lgan. Shundan so‘ng, tezkor tadbir davom ettirilib, u ham 5 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ushlangan.  

Shuningdek, Namangandagi universitetlardan birining magistranti 2,5 ming AQSH dollari evaziga boshqa bir fuqaroni Qirg‘iziston Respublikasi Botken viloyatdagi universitetlardan biriga Iqtisodiyot yo‘nalishiga o‘qishga kiritib, 1-bosqichni tamomlaganlik haqidagi ma’lumotnomani tayyorlatib berishni va’da qiladi.  

O‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur shaxs 2,5 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

47

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing