9 tumanning DSI boshliqlari o‘zgardi

Jamiyat

image

Davlat soliq qo‘mitasining hududiy bo‘linmalariga yangi rahbarlar tayinlandi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi buyrug‘iga asosan 9 tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshliqlari o‘zgardi. Bu haqda Davlat Soliq qo‘mitasi xabar berdi.

Aydos Iskenderovich Seitov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Aydos Seitov 1985 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 2009 yilda Toshkent davlat agrar universitetini “Iqtisodchi” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Tayinlangunga qadar Aydos Seitov Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat soliq boshqarmasi Yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan.

Andijon viloyatining Izboskan tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga Lochinbek Inomidinovich Qurbonov tayinlandi.

U 1988 yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 2010 yilda Andijon qishloq xo‘jaligi instituti “Iqtisodchi” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Lochinbek Qurbonov bundan avval Andijon shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlayotgan edi. 

Qobiljon Sobirovich Ablazov Andijon viloyati Asaka tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Qobiljon Ablazov 1972 yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 1997 yilda Farg‘ona politexnika institutini “Iqtisodchi” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Tayinlovga qadar Qobiljon Ablazov Andijon viloyati Asaka tumani davlat soliq inspeksiyasi Soliq qarzini undirishni tashkil qilish bo‘limi davlat soliq bosh inspektori lavozimida ishlab kelayotgan edi. 

Elmurod Inomovich Muminov Andijon viloyati Ulug‘nor tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.  

U 1983 yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 2004 yilda Farg‘ona soliq kollejini tamomlagan, 2008 yilda Soliq akademiyasini “Soliq va soliqqa tortish” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Yangi lavozimga tayinlangunga qadar Elmurod Muminov Andijon viloyati Shahrixon tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlayotgan edi. 

Orzumurod Fayzullayevich Umarov Navoiy viloyati Karmana tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

U 1976 yilda Navoiy viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 2007 yil Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutini “Agronom hisobchi, avtotransport korxonalari menejmenti” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Tayinlangunga qadar Orzumurod Umarov Navoiy viloyati Tomdi tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavomida ishlab kelgan.

Navoiy viloyati Tomdi tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga Sherali Oltinovich Berdiyev tayinlandi.

Sherali Berdiyev 1978 yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 1997 yilda Buxoro kooperativ texnikumini tamomlagan. 2011 yilda Soliq akademiyasini “Soliq va soliqqa tortish” mutaxassisligi bo‘yicha tugatgan.
Yangi lavozimga qadar u Navoiy viloyati Tomdi tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi. 

Alijon Hamzayevich Ro‘zimurodov Navoiy viloyati Xatirchi tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

U 1985 yilda Navoiy viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 2007 yilda Navoiy davlat pedagogika institutini, 2010 yilda Toshkent moliya institutini “Soliq va soliqqa tortish” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
Tayinlovga qadar Alijon Ro‘zimurodov Navoiy viloyati davlat soliq boshqarmasi Kadrlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlabgan

Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib Vohidjon Vaxobovich Bababekov tayinlandi.

Vohidjon Bababekov 1977 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 1996 yilda Farg‘ona industrial texnikumini, 2006 yilda Farg‘ona politexnika institutini “Buxgalteriya hisobi va xo‘jalik tahlili, moliyachi” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar Vohidjon Bababekov Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan. 

Nurlibek Shakarboyevich Qoraboyev Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

U 1985 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 2008 yilda Samarqand iqtisodiyot va servis institutini “Iqtisodiyot” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Tayinlovga qadar Nurlibek Qoraboyev Samarqand viloyati Ishtixon tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

132

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing