Uchinchi sinf o‘quvchilari ommaviy janjal uyushtirdi
Olam
−
27 fevral 2019
13685Moskvaning boshlang‘ich maktablaridan birida uchinchi sinf o‘quvchilari ishtirokida ommaviy mushtlashuv sodir etildi. Bu haqda REN TV xabar berdi.
Telekanal ma’lumotiga ko‘ra, 3 ta qizni shifoxonaga olib ketishgan. Ikkitasining qorin sohasida yopiq jarohat, uchinchisiga miya chayqalish tashhisi qo‘yilgan. Rossiya Ichki ishlar vazirligining Moskvadagi hududiy boshqarmasi matbuot hizmati ma’lumotiga ko‘ra, janjal Dorogomilovo tumanida sodir bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, bu Rossiyada boshlang‘ich sinf o‘quvchilari tomonidan sodir etilgan tartibbuzarliklarning birinchisi emas. Oldinroq Ufalik voyaga yetmagan maktab o‘quvchisi mast holda “McDonald’s”da janjal uyushtirgan va dugonalari bilan voqea joyidan qochib ketgan edi.
LiveBarchasi