“Uchastkavoy”ni videoga olish mumkin emas...mi?
Jamiyat
−
11 iyun 2019
6682Kecha, 10 iyun kuni Ichki ishlar vazirligi mutasaddilari va jurnalistlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, unda profilaktika inspektorlarini muammoli vaziyatlarda videotasvirga olish mumkin yoki mumkin emasligi haqidagi savolga javob qaytarildi.
IIV huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshlig‘i Abduvohid Ismoilovning aytishicha, shaxsning qadr-qimmatiga tegadigan masalarni tasvirga olish mumkinmas. “Boshqa holatlarda bu narsa erkin, kim nimani s’yomka qilishi o‘ziga bog‘liq”, deydi Ismoilov.
“O‘zbekiston bo‘yicha suratga tushirish taqiqlangan ayrim ob’ektlar bor, masalan aeroportlar vokzallar va hokazo. U yerlarga maxsus belgilar qo‘yiladi. Ikkinchidan, fuqarolik kodeksi bo‘yicha, har bir fuqaroning o‘zining huquqi bor. Har qanday odamdan tasvirga olish mumkinligi so‘raladi. Jinoyat masalasida so‘ramasdan tasvirga olish mumkin va tegishli joylarga murojaat etish zarur. Shundan keyin o‘sha holat o‘rganiladi”, deydi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi boshlig‘i, Ichki ishlar vazirining matbuot kotibi Qutbiddin Burhonov.
LiveBarchasi