Uch viloyatda 2 mlrd 374 mln so‘mlik davlat xaridlari bekor qilindi
Jamiyat
−
20 fevral 2024
6060Sirdaryo, Andijon va Toshkent viloyatlarida 2 milliard 374 million so‘mlik davlat xaridlari bekor qilindi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining masofaviy monitoring tartibidagi o‘rganishlarida quyidagi davlat buyurtmachilari tomonidan amalga oshirilgan davlat xaridlarida qonunchilik talablari buzilishiga yo‘l qo‘yilgani aniqlangan:
- Xovos tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi buyurtmachiligida yuk tashish xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha o‘tkazilgan 700 million so‘mlik davlat xaridi;
- Andijon viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi buyurtmachiligida autsorsing xizmati ko‘rsatish bo‘yicha o‘tkazilgan 174,0 million so‘mlik davlat xaridi;
- Toshkent viloyati ixtisoslashtirilgan somatika shifoxonasi buyurtmachiligida qurilish mahsulotlari xarid qilish bo‘yicha o‘tkazilgan 1,5 milliard so‘mlik davlat xaridi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Andijon shahar obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan dekorativ o‘simliklar qalamchalarining 1 donasi salkam 700 million so‘mdan sotib olingani ma’lum bo‘lgandi.
LiveBarchasi