“Uch qahramon”dagi yong‘in bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

3-sahifa

image

Kecha, 11 avgust kuni Toshkent viloyatining Toshkent tumani hududida joylashgan “Uch qahramon” bozorida yong‘in sodir bo‘lgan edi. Yong‘inni bartaraf etish borasida ko‘rilgan tezkor choralar natijasida 12 ming m2 maydonda joylashgan savdo do‘konlari yong‘indan saqlab qolingan. Bu haqda viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi ma’lum qildi.

“Uch qahramon” bozorining umumiy do‘konlar qurilgan maydoni 20 ming m2 ekanini hisobga olsak, yong‘in oqibatida majbuaning 40 foizi zarar ko‘rgan. Yong‘in oqibatida tan jarohati olgan yoki halok bo‘lganlar aniqlanmadi.

Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 259-moddasi (Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Toshkent viloyati IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi ish yurituviga olingan.

“Hozirda yong‘in kelib chiqishi sabablariga aniqlik kiritish maqsadida tergov harakatlari olib borilmoqda, tergov organlari yakuniy xulosasiga ko‘ra qo‘shimcha axborot beriladi”, deyiladi IIBB xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Uch qahramon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing