Uch ayolni fohishalikka yuborayotgan shaxs ushlandi

3-sahifa

image

Uch nafar fuqaroni Turkiya Respublikasiga fohishalik qilish uchun jo‘natayotgan ayol Toshkent xalqaro aeroportida ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Matbuot xizmati xabar berdi.

Departamentning Toshloq tuman bo‘limi tomonidan viloyat DXX hamda IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro D.X.  uch nafar ayolni (1992, 1995 va 1999 y.t) fohishalik qilishi uchun  “Toshkent-Antaliya”  yo‘nalishi orqali Turkiya Respublikasiga jo‘natayotgan vaqtida ushlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, u ayollar uchun aviabiletlarni o‘z hisobidan sotib olgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

344

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing