“U sadoqatli, lekin aravani tortmayapti”. O‘zbekistonda yana bir vazir va hokim ishdan olinadi
Jamiyat
−
27 yanvar 2021
70870O‘zbekistonda yaqin kunlarda vazirlardan biri va hokim lavozimidan ozod etiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 27 yanvar kuni o‘tkazilgan yoshlar bandligini ta’minlash va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishida aytib o‘tdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ muxbiri xabar bermoqda.
“Hafta davomida men kadrlar to‘g‘risida yana bir qarorni e’lon qilaman. U sadoqatli odam, lekin dosh berolmayapti, aravani tortolmayapti”, deydi Prezident hokim haqida gapirib.
Shavkat Mirziyoyev poytaxtda o‘tirgan va viloyatlarda kam ishlayotgan vazirlarni tanqid qildi. So‘ngra, ulardan biri hokim bilan birga lavozimini tark etishini qo‘shimcha qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorovga tun-u kun mahallada ishlamagan o‘rinbosarni ishdan bo‘shatish haqida topshiriq bergan edi.
LiveBarchasi