“U mening farzandim. Nega u chetda xor bo‘lib yurishi kerak?” Prezident yana yoshlarga to‘xtaldi
Jamiyat
−
01 fevral 2021
7496O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning hafta davomidagi faoliyati aks etgan “Maxsus rakurs” ko‘rsatuvining navbatdagi sonida 26 yanvar kuni o‘tkazilgan 7 yanvar kuni yoshlar bandligi mavzusida selektordan lavha taqdim qilindi. Unda Prezident ishsizlik masalasida rahbarlarni tanqid qildi. Unda Prezident yoshlar siyosatiga mas’ul tashkilotlarni tanqid qilgan.
“Afsuski, joylardagi o‘rganishlar yoshlar o‘rtasida muammolarni aniqlash va tizimli hal etish borasida haligacha ko‘plab-ko‘plab kamchilik va muammolar saqlanib qolayotganini ko‘rsatmoqda.
Bechora bolalar Toshkentda ishsiz yursa, men kabinetda qanday qilib tinch o‘tiraman. U mening farzandim. Nega men o‘z farzandimga shunday imtiyozni qo‘llamasligim kerak? Nega? Nega u chetda xor bo‘lib yurishi kerak?”, deydi Prezident.
LiveBarchasi