“U – islohotlarning tashabbuskori”. Alisher Usmonov Mirziyoyevga ta’rif berdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan rossiyalik milliarder Alisher Usmonov “Vesti v subbotu” dasturiga O‘zbekistondagi o‘zgarishlar, Mirziyoyev hokimiyati va uning islohotlari samarasi haqida intervyu berdi

“Davlat rahbari (Shavkat Mirziyoyev – tahr.) ushbu islohotlarning tashabbuskori, aholining farovonligini oshirish va Markaziy Osiyo mamlakatlari hamda Rossiya Federatsiyasi bilan do‘stlikni mustahkamlash bo‘yicha boshqaruvni olgan shaxs hisoblanadi. Menimcha, bu mamlakatning qachondir bir bo‘lgan g‘oyaviy ittifoqdoshlarini birlashtiradigan katta iqtisodiy loyihalarning boshlanishidir”, deydi Alisher Usmonov.

Shuningdek, milliarder yaxshi foyda olish uchun O‘zbekistonga qanday sarmoya olib kirish ma’qul ekani haqidagi savolga ham javob bergan.

Usmonovning ta’kidlashicha, paxta, meva va sabzavotlarni qayta ishlashni rivojlantirish va o‘zbek zaminidagi qazilma boyliklarini o‘zlashtirish yaxshi foyda olib keladi.

“O‘zbek ruxi va rus po‘latining “to‘yi” – bu so‘nggi to‘rt yil ichida rossiyalik investorlar tomonidan noldan qurilgan Toshkent metallurgiya zavodidagi yangi ishlab chiqarish korxonasi”, deydi milliarder.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning eng boy ishbilarmonlaridan biri Alisher Usmonov “Forbes” reytingida 18,5 milliard dollarlik boylik bilan 97-o‘rinni egallagan.

Usmonov qo‘l ostidagi kompaniyalar O‘zbekiston Bozoriga begona emas. Xususan, Alisher Usmonov kompaniyasi O‘zbekiston aloqa bozoriga kirayotgani barchaga ayon: “USM Telekom” va MegaFon o‘zbekistonlik hamkorlar bilan birgalikda yangi qo‘shma korxona – Digital Holding’ni tashkil etdi. Yangi QK tarkibidan Ucell kompaniyasi hamda USM’ning O‘zbekistondagi aktivlari – CRPT Turon va ICS Holding Uzbekistan ham o‘rin olgan.

Shuningdek, Usmonovning kompaniyasi O‘zbekiston energetika kompleksini raqamlashtirishda ishtirok etishi ma’lum qilingandi. Rossiyaning “IKS Holding” ko‘p tarmoqli IT-tuzilmasining ishchi guruhi Toshkent shahriga tashrif buyurdi. Ushbu kompaniya O‘zbekiston Respublikasining yoqilg‘i-energetika kompleksini raqamlashtirish konsepsiyasi va yo‘l xaritasini ishlab chiqadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

268

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing