U-23 Osiyo kubogi: O‘zbekiston termasining yakuniy tarkibi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

O‘zbekiston U-23 milliy jamoasi bosh murabbiyi Temur Kapadze Osiyo kubogida ishtirok etadigan futbolchilarning yakuniy ro‘yxatini e’lon qildi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, kutilganidek tarkibga jalb qilingan futbolchilarning asosiy qismi “Olimpik” a’zolari bo‘ldi. Xususan, jami 23 o‘yinchidan 13 nafarini “Olimpik” a’zolari tashkil qildi. Qolgan 10 nafar futbolchi  “Nasaf” (3 nafar), “Paxtakor” (3 nafar), “Neftchi”, “Metallurg”, “Qayrat” va “Ordabasi”dan taklif etilgan. 

O‘zbekiston U-23 milliy jamoasining Osiyo chempionati uchun yakuniy ro‘yxati:

Eslatib o‘tamiz, Osiyo chempionati bahslari 1-19 iyun kunlari Toshkentdagi “Milliy”, “Paxtakor” va “Lokomotiv” stadionlari hamda Qarshidagi “Markaziy” stadionda o‘tkaziladi. Kapadze murabbiyligidagi o‘zbekistonlik olimpiyachilar “A” guruhidagi dastlabki turni 1 iyun kuni Turkmanistonga qarshi o‘tkazishsa, 4 iyun kuni Qatar, 7 iyunda esa Eronga qarshi maydonga tushadi. O‘zbekiston ishtirokidagi dastlabki ikki o‘yin Toshkentda, forslarga qarshi bahs esa Qarshida o‘tkaziladi. Final esa 19 iyun kuni Toshkentdagi “Milliy” stadionida o‘tishi belgilangan.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

76

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing