U-17: O‘zbekiston Osiyo chempionatiga chiqish uchun Janubiy Koreya bilan kurashadi

Sport

image

Bugun, 24 may kuni 2023 yilda Bahraynda bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha U-17 Osiyo chempionati saralash o‘yinlariga qur’a tashlandi. O‘zbekiston terma jamoasi saralash bosqichining “J” guruhidan joy oldi. Shuningdek, “J” guruhiga Osiyoning katta jamoalaridan biri Janubiy Koreya ham kirdi.

“J” guruhi

1. Janubiy Koreya;

2. Bruney; 

3. O‘zbekiston;

4. Shri-Lanka.

O‘zbekiston terma jamoasining o‘yinlari taqvimi bilan tanishing:

5 oktyabr

Janubiy Koreya – Shri-Lanka 

Bruney – O‘zbekiston

7 oktyabr

O‘zbekiston – Janubiy Koreya

Shri-Lanka – Bruney

9 oktyabr

Janubiy Koreya – Bruney

O‘zbekiston – Shri-Lanka

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi mazkur o‘yinlarni Toshkentda o‘tkazadi.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

20

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing