Twitter mavjud postlar soniga vaqtinchalik cheklov joriy qildi
Texnologiya
−
02 iyul 2023
3181Twitter foydalanuvchilarga o‘qish uchun taqdim etiladigan postlar soniga vaqtinchalik cheklovlar joriy qildi. Bu haqda Twitter egasi Ilon Mask ma’lum qildi.
Maskning tushuntirishicha, tasdiqlangan akkauntga ega foydalanuvchilar ma’lum vaqt davomida kuniga 10 000 tagacha tvit o‘qishlari mumkin bo‘ladi.
Hisob qaydnomasi tasdiqlanmagan foydalanuvchilar uchun kuniga mavjud postlar soni 1000 tagacha cheklanadi. Tasdiqlanmagan akkauntga ega yangi foydalanuvchilar kuniga atigi 500 tagacha tvit o‘qiy oladi.
“Bunday vaqt cheklovlari ma’lumotlar josusligi va tizimni manipulyatsiya qilishning ekstremal darajalariga qarshi turish uchun kerak”, deydi Mask.
LiveBarchasi