Twitter koronavirusga qarshi kurash uchun 1 mlrd dollar pulning bahridan o‘tdi

Olam

image

Twitter asoschisi Jek Dorsi COVID-19 bilan kurashish uchun 1 milliard dollar xayriya qildi. Bu haqda u ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yozgan.

“Men COVID-19 ga qarshi global yordamni moliyalashtirish uchun Square kompaniyasining aksiyalariga 1 milliard dollar, ya’ni boyligimning qariyb 28 foizini ajratyapman”, deb yozgan Dorsi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, pandemiyani davolash imkonidan chiqilsa, jamg‘arma o‘z e’tiborini qizlarning sog‘lig‘i va ta’limiga qaratadi.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yil 31 dekabr kuni Xitoy hukumati Uxan shahrida pnevmoniya tarqalganini e’lon qildi. Kasallikning qo‘zg‘atuvchisi - bu koronavirusning yangi turi bo‘lib, unga rasman COVID-19 nomi berildi. 11 mart kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) yangi koronavirus pandemiyasi tarqalganini e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

31

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing