Twitter asoschisi iste’foga chiqdi. O‘rniga hindistonlik yigit keladi

Texnologiya

image

Twitter asoschisi Jek Dorsi kompaniya bosh direktori lavozimini tark etadi. Bu haqda Amerikaning CNBC telekompaniyasi o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.

“Reuters” o‘z manbasiga tayanib, Twitter rahbarining iste’fosi kutilayotgani haqidagi xabarlarni tasdiqladi. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, kompaniya direktorlar kengashi o‘tgan yildan beri iste’foga chiqishga tayyorgarlik ko‘rgan va Dorsi bilan yangi bosh direktor nomzodi bo‘yicha kelishib olgan.

So‘nggi xabarlarga ko‘ra, Twitter direktorlar kengashi kompaniya rahbari sifatida texnik direktor Parag Agravalni tasdiqlagan. U Hindistonda tug‘ilgan. Agraval AQSHning eng mashhur universitetlaridan biri – Stenfordda o‘qigan. Shu vaqtgacha u Twitter’da texnologik strategiya, mashinalarni o‘rganish, sun’iy intellekt, iste’molchilar, daromadlar va ilmiy jamoalar uchun javobgar bo‘lgan.

Dorsining iste’fosi haqida xabarlar e’lon qilinganidan keyin kompaniya aksiyalari narxi 11 foizdan ko‘proqqa ko‘tarildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

182

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing