Tuya suti jigar sirroziga davo bo‘la oladimi?

Salomatlik

image

Gepatit bevosita bilirubin konversiyasining buzilishi bilan bog‘liq bo‘lib, uning organizmdagi miqdorining keskin o‘sishiga olib keladi. Bu hodisa yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun odatiy holdir, chunki ulardagi modda almashinuvi jarayonlari hali nomukammal bo‘ladi. Biroq ba’zida kattalarda ham bu hol ko‘p kuzatiladi. Gepatologiyaning dolzarb masalalari, jigar kasalliklarining oldini olish xususidagi savollarga Virusologiya ilmiy tekshirish instituti direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor Erkin Musaboyev bilan bo‘lgan suhbatda ma’lumot olamiz. 

“Gepatit S”ni emlash uchun vaksina yo‘q. Biroq endilikda bu kasallikni to‘liq davolash imkoni yuzaga keldi. Hozirda xorijdan yangi dori-darmonlar olib kelinib, imtiyozli guruhdagi bemorlar davolanyapti. Muolajalar 3 oy davom etadi. Shu muddat davomida bemorlar shifo topib, sog‘lom hayotga qaytmoqda. Ma’lumki, mamlakatimizda 2000 yildan buyon “Gepatit V” ga qarshi emlash ishlari tizimli tashkil etilyapti. Natijada, emlangan bolalar o‘rtasida ushbu kasallik deyarli qayd etilmayapti. Biroq katta yoshli aholi orasida bu kasallik uchrab turibdi. “Gepatit V” asosan qon orqali yuqadi”, deydi professor Erkin Musaboyev.

Mutaxassisning fikricha, Gepatit V ning oldini olishning samarali yo‘li emlashdir. Katta yoshli aholi ham bu vaksina bilan emlanishi mumkin. Chunki inson hayoti davomida bir necha bor stomatologiya yoki boshqa tibbiy muolajalardan foydalanadi. Qolaversa, go‘zallik salonlarida badanga sanchiluvchi jihozlar ham ishlatiladi. Bu jarayonda virus yuqmasligidan hech kim kafolatlanmagan. Emlash esa virusga qarshi mustahkam immunitetni shakllantirib, organizmni himoya qiladi. 

 “Odamlar orasida tuya suti ko‘plab og‘ir kasalliklar, jumladan, jigar sirroziga davo bo‘ladi, degan fikr yuradi. Bizga murojaat qilgan ko‘pgina bemorlardan ham bunday fikr eshitamiz. Biroq tuya sutining sirrozni yoki boshqa og‘ir kasalliklarni davolashda samara berishi tibbiyotda isbotlanmagan. Qolaversa, xomligicha ichilgan sut boshqa kasalliklarni ham keltirib chiqarishi mumkin. Masalan, brutsellyoz yuqish xavfi ortadi. Boz ustiga katta yoshli odamlarda sutni hazm qiluvchi fermentlar yo‘qligi tufayli sutning hazm bo‘lishi qiyinlashib ichak dam bo‘lib, allergik reaksiyalar kelib chiqishi mumkin”, deydi mutaxassis.

Dinara Yusupova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

617

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing