To‘y o‘tkazish tartibini buzganlar 11 million so‘mgacha jarimaga tortiladi
Olam
−
25 fevral 2020
10968To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazish tartibiga qo‘yiladigan talablarga rioya etmaslik uchun javobgarlik belgilandi.
Bugun, 25 fevral kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalarning fraksiyalari yig‘ilishlarida to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazish tartibiga rioya etmaslik uchun javobgarlik belgilash haqidagi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.
Deputat Rasul Kusherboyevning rasmiy Telegram kanalida ma’lum qilinishicha, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga 192-1 yangi modda sifatida taklif etilayotgan loyihada to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazish tartibiga rioya etmagan tadbirlarni o‘tkazuvchi shaxs bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari (2 230 000 so‘m) miqdorida, to‘yxona kafe va restoranlarning mansabdor shaxslari esa bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravari (6 690 000 so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘lishi ko‘zda tutilmoqda.
Ta’kidlanishicha, to‘yxona, kafe va restoranlarning mansabdor shaxslari tomonidan ushbu huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilgandan so‘ng bir yil davomida buzilsa bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari (11 150 000 so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu huquqbuzarlik bo‘yicha javobgarlik masalasini ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlar ko‘rib chiqadi.
“Siyosiy partiyalar fraksiyalari tomonidan birinchi o‘qish uchun ma’qullangan ushbu qonun loyihasi Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisida ko‘rib chiqiladi”, deb ma’lum qilgan deputat.
LiveBarchasi